
Blog
Brend ochilishiga maxsus event dizayn
Sana:
Turi:
Konsept: Brendning asosiy qadriyatlari — ishonch, sifat va zamonaviylik edi. Shu nuqtai nazardan, dizayn oq fon, sof geometrik shakllar va bej rangdagi aksentlar bilan bezatildi. Yorug‘lik, toza chiziqlar va engil fon musiqasi orqali professional muhit yaratildi.
Joy tanlovi va zonalar:
Event uchun galereya tipidagi yopiq makon tanlandi. Unda quyidagi zonalar ishlab chiqildi:
Welcome zona: Brend logotipi bilan fon, press-wall va fotosurat uchun joy.
Taqdimot sahnasi: Projektor, yoritish, brend slaydlar va jonli chiqishlar uchun qulay joylashuv.
Networking va furshet zona: Ochiq bufet, stollar va yumshoq yorug‘lik.
Vizual brending va tafsilotlar: Brend ranglariga mos grafikalar, maxsus bannerlar, papkalar va badge’lar tayyorlandi. Har bir detal — mehmonning yodida qoladigan taassurot uyg‘otishi uchun mo‘ljallangan.
Lahzalar: Tadbir davomida mehmonlar faollik bilan suratga tushishdi, brend haqida hayajon bilan fikr almashishdi. Har bir element professional suratkashlar tomonidan hujjatlashtirildi — bu nafaqat ochilish, balki brend tarixining ilk sahifasi bo‘ldi.
